Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra mudiri Sodiqov Avazbek Madaminovich
Kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlar doktori
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-55-36
Faks
e-mail asadikov@yandex.ru
Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi respublikamiz iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlab kelayotgan etakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Kafedra ikki Menejment va Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida tashkil topgan.
Menejment kafedrasi dastlab Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish kafedrasi nomi bilan 1991 yilda tashkil topgan. 1998 yildan kafedraning nomi Menejment deb atala boshladi.

Menejment kafedrasiga 1991-2002 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor Muxiddinov Renat Muzaffarovich, 2002-2005 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sodiqova Iroda Anvarovna, 2006-2011 yillarda iqtisod fanlari doktori Mamatov Axmadjon Atadjdanovich raxbarlik qilib kelganlar.

Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi esa Ozbekiston Milliy universiteti rektorining 2002 yil 15 iyundagi 01-381 sonli buyrugiga muvofiq Mintaqashunoslik va tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. Songra universitet rektorining 2005 yil 29 iyundagi buyrugiga asosan Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasiga aylantirildi. 
Kafedrani 2002-2011 yillarda geografiya fanlari doktori, professor Qayumov Abduhakim Abduhamidovich boshqardi. Bu davrda kafedrada Mintaqaviy iqtisodiyot mutaxassisligi boyicha 20 dan ortiq magistrantlar tayyorlandi.
2011 yilda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi Menejment hamda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi tashkil etilib 2011 yilda unga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent  Mominov Nozim Gaffarovich, 2012-2016 yillarda geografiya fanlari nomzodi, dotsent Xalmirzaev Axmadjon Axunovich, 2016-2017 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Raxmonov Rasul Nematovich raxbarlik qilganlar.

Xozirgi kunda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Xoshimov Pazliddin Zuxurovich mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra Kadrlar menejmenti yonalishi boyicha bakalavr kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada quyida keltirilgan professor-oqituvchilar faoliyat korsatmoqdalar: i.f.n., dots. Xoshimov P.Z., i.f.d., prof. Abdusalyamov M.A., g.f.d., prof. Qayumov A.A., g.f.n., dots. Xalmirzaev A.A.,  g.f.n., dots.Nazarova X.M., i.f.n., dots. Majidov N.M., i.f.n., dots. Raxmonov R.N., i.f.n., dots.v.b. Djumanova R.F., i.f.n., dots.v.b. Fayzieva Sh.R., dots. Bekmurodov N.X., dots. Adilov B.B., i.f.n., dots. Elov D.A., kat.oq. Nigmatova D.Z., kat oq. Nazarova F.U., kat.oqt. Abdullaeva R.G., kat.oqt. Niyozov M.A., kat.oq. Shayzakov B.I., oq. Djumabaeva Sh.X., oq. Elmonov B. 

  
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura