Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi

Kafedra to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O‘zbekiston Milliy universtiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetining “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Dastlab bu  kafedra  1940 yilda  O‘rta Osiyoda yakkayu-yagona bo‘lgan «Iqtisodiy geografiya» nomida  tashkil topdi. Keyinchalik u  «Iqtisodiy va ijtimoiy  geografiya»  (1978 y.) deb yuritila boshladi.  1998 yildan esa, mazkur kafedra «Ijtimoiy geografiya  va  mintaqaviy  iqtisodiyot»  nomi bilan  faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik uning nomi bir necha marotaba o‘zgargangan bo‘lsada bugungi kunda yana shu nom bilan ya’ni  «Iqtisodiy va ijtimoiy  geografiya»  nomi bilan yuritilmoqda.

Kafedraning dastlabki mudiri geografiya fanlari nomzodi, dotsent V.G. Kuznetsov bo‘lgan. So‘ngra uni g.f.d., professor M.G. Kadek (1941-1945 yy.), g.f.d. professor V.M.Chetirkin (1944-1948 yy.), g.f.n., dotsent R.S.Lobach (1948-1954 yy.), g.f.n., dotsent Sapenko (1954-1959 yy.) boshqarib kelgan. 1960-1969 yillar mobaynida ushbu vazifani g.f.n., dotsent N.G.Smirnov bajarib kelgan. Maxalliy o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib bu kafedraga g.f.d., professor Z.M.Akramov raxbarlik qildi. U kafedra mudiri lavozimida 1969-1984 yillar davomida ishlab keldi, 1984 yildan to hozirgacha kafedrani taniqli olim g.f.d., prof. A.S.Soliev boshqardi.

Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yuksalishi va o‘quv-uslubiy ishlar  rivojlanishida olimlar  G.N.CHerdansev,  A.N.Rakitnikov, O.B. Ota-Mirzaev, A.A.Qayumov,  T.I. Raimov, R.A. Xodiev,  T.E.Egamberdiev, T.T. Tojimov, S.S.Saidkarimov, S.B.Boqiev, M.R.Bo‘rieva, A.M.Sodiqovlarning xizmatlari   salmoqli  bo‘lgan.

Kafedra tarixiga e’tibor bersak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng muxim va dolzarb yo‘nalishlari: iqtisodiy rayonlashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, axoli geografiyasi, shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya muammolari, umuman ijtimoiy (sotsial) geografiyaning turli soxalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani ko‘zga tashlanadi. 1998-1999 o‘quv yilida MDH mamlakatlari o‘rtasida ilk bor prof. A.S.Soliev tomonidan olg‘a surilgan mintaqaviy iqitisodiyot yo‘nalishiga bog‘liq nazariy va amaliy masalalar katta qiziqish bilan o‘rganilib kelindi.

So‘nggi yillarda, jahon taraqqiyotiga mos andozalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda ham an’anaviy ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan, aholiga tibbiy, ta’lim va boshqa sohalarda xizmat ko‘rsatish, siyosiy geografiya va geosiyosat, sotsial geografiya, turizm va rekreatsiya, tibbiy va kasalliklar geografiyasi (nozogeografiya), jinoyatchilik geografiyasi kabilar rivojlanib bormoqda. Ularning barchasida O‘zMU «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» kafedrasi asosida mustaqillik yillarida shakllangan milliy iqtisodiy geografiya ilmiy maktab va unga uyushgan olimlarning hissasi bevosita katta bo‘ldi. SHu o‘rinlda ta’kidlash joizki, mazkur ilmiy maktabning shakllanishi va samarali rivojlanishida ikki katta-olim Ziyovutdin Muxitdinovich Akramov va Abdusami Solievich Solievlar etakchi bo‘ldilar.

Iqtisodiy geografiyaning tarixi eng avvalo iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bog‘liq. Mamlakatimiz, xususan O‘zMU kafedrasida iqtisodiy rayonlashtirish masalasi birinchi navbatda tabiiy geografiya, so‘ngra qishloq xo‘jaligi talab va extiyojlarini o‘z ichiga oladi. Mana shundan kelib chiqqan xolda, iqtisodiy geografiya ilmiy maktabida olib borilgan tadqiqotlar negizida integral, ya’ni asosiy iqtisodiy rayonlarni aniqlashga o‘tildi. Bu borada taniqli olimlar V.M. Chetirkin, Z.M. Akramov, A.S.Soliev, O.B. Ota-Mirzaev va boshqalar tomonidan bajarilgan ilmiy yo‘nalishlar ilmiy jamoachilik e’tiborini qozongani ma’lum.

Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi asosan ikkita yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalishlarning biri agrogeografiya (qishloq xo‘jaligi geografiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi axoli geografiyasidir. Xususan bu yo‘nalishda shaxarlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonining xududiy  muammolari o‘rganilmoqda. YUqoridagi muhim ilmiy yo‘nalishlar hozirgi zamon Vatan geografiya fanining ustunlari bo‘lmish, ikki zabardast olim va buyuk inson prof. Akramov Ziyovutdin Muxitdinovich va prof. Soliev Abdusami Solievichlarning o‘zaro uyg‘un va xamkorlikda samara topgan ilmiy-ijodiy va pedagogik-ustozlik faoliyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Mana shuning uchun xam bu norasmiy ilmiy uyushmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Akramov-Solievlarning ilmiy maktabi» deb mumkin.

O‘zbekiston iqtisodiy geografiya ilmiy maktabi tez orada nafaqat respublikada, balki  qo‘shni respublikalar va boshqa xorij mamlakatlarida xam e’tibor topdi. Jumladan, bu borada, xususan mazkur ilmiy maktabda etishtirilgan fan nomzodlari va daktorlari, uning xalqaro aloqalari to‘g‘risida Moskva Davlat universitetining professorlari YU.G.Sayushkin, A.I. Kovalyov, Perm Davlat universiteti professori M.D. Sharigin, Sankt-Peterburg Davlat universiteti professori A.I. CHistobaev, Qozog‘iston Milliy universiteti professorlari S.R.Erdavletov va SH.M. Nadirovlar yuqori baho berishgan.

Kafedra a’zolarining asosiy maqsadi –professorlar Z.M.Akramov va A.S.Solievlar tomonidan shakllantirilgan O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi an’analarini davom etdirish, jamoada sog‘lom o‘quv-ilmiy muhitni saqlab turish hamda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev yo‘lboshchiligida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘li bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shishdan iborat. Ayni paytda kafedra O‘zbekistonda geografiya fanining tanyach dargohi sifatida barcha mintaqaviy oliy ta’lim muassasalari va shu bilan birga Moskva, Rostov-don (ARGO, Rossiya), Qozog‘iston (KazNU) kabi mamlakatlar geografiya ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot insitutlari bilan ilmiy aloqalar olib bormoqda.

         Kadrlar tayyorlash bo‘yicha spetsifikasi – fakultet tarkibida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ishida ishtirok etadi. Kafedra geograf bakalavr va geograf magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedrada 11.00.02 - iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.

Yo‘nalish va mutaxassisliklar nomi, shifri va qisqacha tavsifi - YAngi Davlat ta’lim standartlari asosida 5140600geografiya yo‘nalishlarida bakalavrlar,  5A140602-Geografiya (o‘rganish ob’ektlari bo‘yicha) magistrlar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda kafedrada o‘n nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 90%ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari  tomonidan 5140600 - Geografiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 5A140602- Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) va Geodemografiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

KAFEDRANING UNIVERSITET VA FAKULTET MIQYOSIDAGI O‘RNI

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi1940 yilda tashkil etilgan bo‘lib, turli yillarda taniqli olimlar G.N.CHerdansev, S.D.Muraveyskiy, V.G.Kuznetsov, V.M.CHetыrkin, R.S.Lobach, N.G.Smirnov, A.N.Rakitnikov, M.G.Kadek, T.E.Egamberdiev, Z.M.Akramov, O.B.Ota-Mirzaev, R.A.Xodiev, T.I.Raimov, S.S.Saidkarimov va boshqalar ishlaganlar. 1984-2010 yillarda kafedrani professor A.S.Soliev boshqardi. 2010-2015 yillarda  ushbu vazifani dotsent M.Nazarov bajargan. Hozir kafedrani g.f.d. N.Q.Komilova boshqarmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi “Geografiya” kafedrasi negizida 2018 yil 5 sentyabrda tashkil qilindi. Kafedrada 5140600 – Geografiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi, 5A140602 – Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha), 5A140603 – Geodemografiya hamda Qozon davlat universiteti bilan hamkorlikda “Iqtisodiy geografiya va hududlar rivojlanishi” magistratura mutaxassisliklari va 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DcS) mavjud.

Hozirgi kunda kafedrada 2 fan doktori – professor, 7 fan nomzodi – dotsentlar, 1 ta katta o‘qituvchi va 1 ta o‘qituvchi talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars bermoqda. Kafedraning aksariyat a’zolari universitetning geografiya fakultetini tugatgan.


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi  “O‘zbekiston hududlari iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining geografik muammolari” deb nomlangan bo‘lib, u respublika hududlarini kompleks  rivojlantirishning ilmiy-nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlagan.

KAFEDRANING HOZIRGI KUNDAGI ILMIY FAOLIYATI

Bugungi kunda  kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib bormoqda:

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA KAFEDRASINING 

HAMKORLIK ALOQALARI

BAKALAVRIATURA

MAGISTRATURA

Fanlar nomi

Fanlar nomi

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

Geografiya tarixi va nazariyasi

Siyosiy geografiya va geosiyosat

 Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik

Jahon geografiyasi

 Servis geografiyasi

O‘zbekistongeografiyasi

 Sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi

Sanoat geografiyasi

Geodemografiya asoslari

Aholigeografiyasi

Aholishunoslik siyosati

 SHaharlar geografiyasi

Demografik prognozlashtirish

 Amaliy geografiya

Ijtimoiy demografik statistika

Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari

Oilaning demografik rivojlanishi

 Sotsial geografiya

Migratsiya va urbanizatsiya


Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar


 

Tojieva Zulxumor Nazarovna – geografiya fanlari doktori, prof.v.b. 1993 yilda Toshkent Davlat Universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi mudiri. Z.N.Tojieva  2016 yildan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli Ilmiy kengash a’zosi.Z.N.Tojieva Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning O‘zbekistondagi Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan “Demografiya” ilmiy seminarining rasmiy a’zosi. BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) tomonidan har yili o‘tkaziladigan Xalqaro miqyosdagi konferensiyalar (Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg), ilmiy seminarlarning muntazam faol ishtirokchisi hisoblanadi.   “Demografiya”, “Aholi geografiyasi”, “Geodemografiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistr talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

 

Komilova Nilufar Qarshiboevna - geografiya fanlari doktori, professor. Hozirgi kunda muallif talabalarga “Geografiya fani nazariyasi va metodologiyasi”, “Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik”  “Inson geografiyasi” va “Sotsial geografiya”, “Turizm va rekreatsiya geografiyasi”, “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” kurslari bo‘yicha magistratura mutaxassisligi va bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.


Maxamadaliev Ravshan Yo‘ldashevichning – geografiyafanlari nomzodi, dotsent. 1985 yili Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Geografiyaning asosiy muammolari”, “Amaliy geografiya”, kurslari talabalarga ma’ruza o‘qiydi


Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich – geografiyafanlari nomzodi,dotsent. 1989 yili Toshkent Davlat universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. “Siyosiy geografiya va tashqi iqtisodiy aloqalar”, “O‘zbekiston geografiyasi”, “Servis geografiyasi” kursi bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi


Yanchuk Sergey Leonidovich - geografiya fanlari nomzodi, 1998 yilda Toshkent Davlat Universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. “Inson geografiyasi”, “Siyosiy geografiya va tashqi iqtisodiy aloqalar”, “Jahon geografiyasi” fanlaridan talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi.


Tashtaeva Saida Kaharovna – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.  1987 yilda Toshkent Davlat Universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. “SHaharlar geografiyasi”, “O‘rta Osiyo geografiyasi”, “Transport geografiyasi”, “Geografiya” fanlaridan talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi.


Egamberdieva Matluba Mamanazarovna - geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 2001 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. “Geografik tadqiqot usullari”, “Sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi”, “Jahon geografiyasi”, fanlaridan magistratura va bakalvariatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.



Egamberdieva Umrinisa Tursunkulovna - 1982 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Geografiya fakultetini geograf, o‘qituvchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Katta o‘qituvchi. O‘zbekiston geografiyasi, Sanoat nazariyasi va amaliyoti kabi fanlardan bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.


Qurbonov SHuxrat Bekmetovich–2001 yilda Toshkent Viloyat Davlat pedagogika institutini bakalavr bosqichini geografiya, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari mutaxassisligi bo‘yicha, 2006 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2017 yilda geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega bo‘ldi.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura