Fakultetning maqsadi – O`zbekiston iqtisodiyotining ustivor yo`nalishlari bo`yicha fundamental bilimga ega bo`lgan, nazariy va amaliy ishlarni bajara oladigan yetuk geolog mutaxasislarni tayyorlashdan iborat.
Fakultetining qisqacha tarixi
Dastlab geolog mutaxassislar 1918-1919 yillarda Musulmon Xalq dorilfununining keyinchalik Turkiston Xalq universitetining tabiiy bo`limida “Geologiya kabinetida” tayyorlangan.
1920-yilning sentyabr oyidan boshlab geolog mutaxassislar fizika - matematika fakultetining tabiiy bo`limida tayyorlandi.
1924-yili tabiiy bo`lim qoshida “Tarixiy geologiya va paleontologiya” hamda “Umumiy geologiya va gidrogeologiya” kafedralari tashkil etildi, 1926-yilda “Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi” kafedrasi alohida ajralib chiqdi.
1935-yilda Universitet qoshida “Tuproqshunoslik - geologiya -geografiya “ fakulteti tashkil etildi va “ Geologiya” kafedrasi alohida ajralib chiqdi.
1938-yilga kelib fakultet qoshida yangi kafedralar “Mineralogiya - petrografiya” va “Geologiya - paleontologiya” ochildi.
1945-yildan boshlab to 1993-yilgacha “Geologiya” fakulteti mustaqil faoliyat olib bordi.
1993-1994-yillari fakultet “ Geografiya” fakulteti bilan birlashdi.
1994-yilda ajralib , 2017-yilgacha mustaqil fakultet sifatida faoliyat olib bordi.
2016-2017-yilarda “ Geologiya” fakulteti yana “Geografiya “ fkulteti bilan birlashdi.
2017-yildan hozirgi vaqtgacha “ Geologiya” fakulteti qaytatdan yangi -“Geologiya va geoinformatsion tizimlar” fakulteti nomi bilan tiklandi va mustaqil faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda fakultetda 5ta kafedra mavjud bo`lib, ularda 4ta.
Bakalavriat yo`nalishi:
- 5140800-Geologiya
- 5140900-Geofizika
- 5141600-Foydali qazilma konlarini baholash va geomodellashtirish,
- 5140200-Geokimyo
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI BO`YICHA 8TA MUTAXASISLIK MAVJUD:
- (5A140801-Umumiy hududiy geologik
- 5A140806-Geologik s`yomka va foydali qazilmalarni qidirish
- 5A140901-Geofizika, foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari,
- 5A141102 - Gidrogeolgiya,
- 5A311701- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
- 5A140803-Geokimyo, foydali qazilmalarni qidirishining geokimyoviy usullari,
- 5A140804-Mineralogiya, kristallografiya, petrografiya,
- 5A140902-Seysmologiya va seysmometriya)
5TA (PHD) TAYaNCH DOKTORANTURA:
- 04.00.01-Umumiy va mintaqaviy geologiya
- 04.00.02- Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi ularni qidirish va razvedka qilish.
- 04.00.03 -. Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya,
- 04.00.05.- Paleontologiya va stratigrafiya,
- 04.00.06. Geofizika.
Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari va 5ta (DSc.) doktorantura:
(04.00.01.Umumiy va mintaqaviy geologiya, 04.00.02. Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo,
04.00.03. Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya, 04.00.05.- Paleontologiya va stratigrafiya, 04.00.06. Geofizika, Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari ixtisosliklari bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Fakultetda 6ta ilmiy, 7ta o`quv laboratoriya, 2ta kompyuter markazi, kutubxona (35ming kitob fondi), 3ta bo`limdan iborat T.N.Dalimov nomidagi “Geologiya” muzei (4000 dan ortiq eksponat), Oqsoq - ota o`quv dala amaliyot bazasi, Geoinformatika va gidrogeologiya o`quv - ilmiy markazi va 4ta ilmiy to`garaklar mavjud.
Fakultet professor-o`qituvchilari 1ta xalqaro 3ta Respublika miqiyosidagi grant loyixasi va 5ta xo`jalik shartnomalariga ega.
Fakultetda 1 nafar akademik, 9 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 6 nafar katta o`qituvchi, 7 nafar o`qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda fakultetni kunduzgi va sirtqi bo`limlarda 331ta bakalavr, 53ta magistrant, 37ta sirtqi talaba, 5ta tayanch doktorant ta`lim olmoqda hamda fakultet ilmiy kengashi va falsafa doktori ( PhD) va fan doktori ( DSc. ) ilmiy daraja beruvchi , GM 40.01 raqamli birlashgan ilmiy kengash mavjud.
Fakultet professor-o`qituvchilari bir qator chet el ilmiy markazlari, oliy ta`lim muassalari bilan xamkorlik qiladi: Rossiya, Germaniya, Polsha, Norvegiya, Gollandiya va boshqalar.
Fakltetni bitiruvchi talabalari O`zR geologiya va mineral resurslar komiteti institutlari (3ta), O`zbekgidrogeologiya birlashmasi va ekspeditsiyalari ( 20 ta ), O`zRFA institutlari, Oliy ta`lim muassalari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirliklari, O`zbek neft - gaz xoldingi, Navoiy tog`-kon metalurgiya kombinati, Olmaliq tog`-kon metalurgiya kombinati, loyilashtirish institutlari va boshqa ishlab chiqarish ob`ektlarida faoliyat ko`satishlari mumkin.