Xorijiy filologiya fakulteti tarixi va bugungi faoliyati
Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri. Xorijiy filologiya fakultetiga 1962 yilda asos solingan. Fakultetning nomi Roman - german filologiyasi deb yuritilgan. Rus filologiyasi fakulteti 1943 yilda universitetning o`zbek filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil topgan. Rus filologiyasi fakulteti 1980 yilda alohida fakultet bo`lib ajralib chiqqan.
Xorijiy filologiya fakulteti 1994 yilda roman-german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakultetining tashkil topishida Ikkinchi Jahon urushi yillarida O`rta Osiyo universitetida mehnat qilgan rus olimlari akademiklar V.M.Jirmunskiy, V.F.Shishmarev, professor G.P.Vladimirovlarning xizmatlari katta bo`lgan.
Bugungi kunda fakultetda 5 nafar professor, 4 nafar fan doktori, 29 nafar fan nomzodlari, ulardan 24 nafari dotsent, 45 nafar katta o`qituvchi va 79 ta assistent o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan davr ichida fakultet vatanimiz xalq xo`jaligi va xalqaro tashkilotlar uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultetni bitirganlar O`zbekistonning BMTdagi vakolatxonasida, vatanimizning qator davlatlardagi elchixonalarida, Angliya, Frantsiya, BAA, Hindiston, Iroq, Jazoir, Gvineya Respublikasi, Madagaskar va boshqa davlatlarda xizmat qilganlar va xizmat qilmoqdalar.
Fakultetning ilmiy yo`nalashidagi xalqaro aloqalari Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til o`qitish instituti, Gyote instituti, Frantsiyaning Fransua Rable nomidagi Tur universiteti, M.B.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetlari bilan hamkorliklar o`rnatilgan va professor-o`qituvchilar, iqtidorli talabalar u erda tahsil olib qaytishgan, ma`ruzalar o`qigan, shuningdek, ilmiy fikr almashib kelinmoqda. Fakultet professor-o`qituvchilar AQShning Origona universeteti va boshqa chet el tashkilotlarida o`z malakasini oshirganlar. Nemis filologiyasi kafedrasi Germaniyaning DAAD tashkiloti hamda Myunster universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. 2003 yildan shu paytgacha kafedra ushbu universitetning grantini yutib, qo`lda saqlab kelmoqda. Kafedra talabalari hamda o`qituvchilari Germaniyada stajirovka o`taydilar, Myunster universiteti professor-o`qituvchilari esa fakultetga kelib talabalarga ma`ruzalar o`qiydi, treninglar uyushtiradilar, birgalikda ilmiy anjumanlar o`tkaziladi. Shuningdek, frantsuz filologiyasi kafedrasi Frantsiyaning nufuzli universitetlari Tur, Artua, Puate va Nitsa universitetlari hamkorlik shartnomalarini imzolagan va unga asosan mutaxassislikka doir fanlarni xorijiy o`qituvchilar olib boradilar.

Fakultetdagi mavjud yo`nalish, mutaxassislik va ixtisosliklar
Yo`nalishlar:
- 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)
- 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (nemis tili)
- 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (frantsuz tili)
- 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (rus tili)
- 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda)
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili)
Magistratura o`qish muddati 2 yil
Mutaxassisliklar:
- 5A120102 - Lingvistika (ingliz tili)
- 5A120102 - Lingvistika (rus tili)
- 5A120102 - Lingvistika (nemis tili)
- 5A120102 - Lingvistika (frantsuz tili)
- 5A120101 - Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
Bakalavriyat ta`lim yo`nalishi(kechki)
- 5120100 - Filologiya va tillarnio`qitish (ingliz tili)
- 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (rus tili)
Bakalavriat ta`lim yo`nalishi ikkinchi oliy ta`lim (sirtqi)
- 5120100 - Filologiya va tillarnio`qitish (ingliz tili)
- 5120100 - Filologiya vatillarnio`qitish (nemis tili)
- 5120100 - Filologiya vatillarnio`qitish (rus tili)
- 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda)
- 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Tayanch doktorantura va doktorantura o`qish muddati -3 yil
Ixtisosliklar:
10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi