Nemis filologiya kafedrasi tarixi
Nemis filologiya xorijiy filologiya fakulteti (avvalgi roman – german filologiyasi) bilan bir vaqtda 1962 - yil tashkil etilgan. Kafedra tarkibida malakali o‘qituvchilar Rashidova D.F., Dansiger O.A., va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedraning ilk mudiri f.f.n., dots. Rashidova D.F. bo‘lgan. Keyinchalik kafedra fakultetga Madjitova X.T., Shakirova N.Yu., Bo‘riboeva Sh.A., To‘raqulova S.T., Tyan N.V., Ibragimova D.T., Erkaev S.M., Xukumova L.A. singari bitiruvchlarni yetkazib berdi. Kafedrada uzoq yillar f.f.d., prof. N.A.Avazbaev, f.f.n., dots. A.A.Isxoqova, f.f.n., dots. G.M.Abduqodirova, f.f.n., dots. V.T.Kirshner, f.f.n. N.F.Rezyapova, f.f.n. Sh.O‘.Shodijonova, katta o‘qituvchilar I.V.Stralnikova, T.A.Yurkova, ye.Makeeva, K.B.Zagalskayalar faoliyat olib bordilar. Kafedra shu kungacha 1 ta fan doktori - prof. N.A.Avazbaev va 5 ta fan nomzodlari f.f.n. N.F.Rezyapova, f.f.n. Sh.U.Shodijonova, f.f.n., dots. Sh.S.Imyaminova, f.f.n. Turakulova S.T., f.f.n. Ibragimova D.T.larni tayyorlabberdi.
Nemis filologiya kafedrasi “Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning qiyosiy - tarixiy va chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Kafedra nemis tilini asosiy til, ingliz filologiyasida esa ikkinchi chet tili hamda O‘zbekiston Milliy universitetidagi boshqa fakultetlarda chet tili sifatida o‘qitishni ta‘minlab beradi.
Nemis filologiyasi kafedrasi o‘rta umumta‘lim va o‘rta maxsus ta‘lim yurtlarida, shuningdek ishlab chiqarish va tarjima faoliyati bilan mutanosiblikda olib boriladigan 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 5A120102 - Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta‘lim uchun magistr mutaxassislar yetkazib beradi.
So‘nggi yillarda nemis filologiysia kafedrasida quyidagilar nashr qilingan:
- nemis tilining nazariy fonetikasi bo‘yicha 1ta monografiya; 1ta darslik; fonetika va fonologiya soxasida 5 ta darslik (f.f.d., prof. Avazbaev N.A.)
- ikkita biobiblografik ko‘rsatgich (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);
- 5- va 6-sinflar uchun nemis tili darsligi (kat.o‘qit. Tokarskaya N.I., Zagalskaya K.B., MadjitovaX.T.)
- 5- sinf nemis tili darsligi bo‘yicha o‘qituvchilar uchun kitob (kat.o‘qit. Tokarskaya N.I.)
- nemis va o‘zbek tillarining fonetika va fonologiyasi soҳasi bo‘yicha monografiya va abiturentlar uchun elektron qo‘llanma (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.)
- nemis va turk tillarining fonetikasi va fonologiyasi bo‘yicha monografiya (f.f.n. To‘raqulova S.T.);
- tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (f.f.n., dots. Borisova I.F, f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);
- nemis tilini ikiinchi mutxassislik sifatida o‘qiydigan talabalar va magistrantlar uchun darsliklar (f.f.n., dots. Qosimova M.X. va f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);
- nemis tili frazeologiyasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);
- akademik litsey va kollejlarning I - III kurs talabalari uchun nemis tili fanidan 2 ta darslik (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S. va boshqalar);
- nemis va o‘zbek tillarida maqol va matallar lug‘ati (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S., Komolova Sh.);
- biologiyaga oid nemischa – ruscha – o‘zbekcha lug‘at (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S. va boshqalar);
- 4 ta nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjimalar to‘plami (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);
- o‘rta maktablarining 10 va 11 – sinf o‘quvchilari uchun nemis tili darsligi (f.f.n., dots. Sh.S.Imyaminova va boshqalar);
- 4 ta ilmiy maqolalar to‘plami (Germaniyada chop etilgan);
- 5 ta nemis tilidagi mualliflarning nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari (kat.o‘qit. Qo‘chqorova X.Sh.);
Kafedra 1994 yildan boshlab Germaniyaning Myunster shahridagi Vilxelm nomidagi Vestfaliya universiteti Germanistika instituti bilan ilmiy xamkorlik olib boradi. Shu kungacha xamkorlikda 5 ta xalqaro anjuman o‘tkazildi;
Nemis filologiya kafedrasi tarkibi
O‘rindosh o‘qituvchilar:
Talabalarning bilimlarini rivojlantirish maqsadida Germaniyadan jalb etilgan o‘qituvchilar:
2008-2009 – Manya Xusner va Anegret Byer;
2009-2010 – Katya Doze va Katerine Tsobel;
2010-2011– Katya Doze va Ina Megos;
2011-2012– Katya Doze va Ann Rushe;
2012-2013– Gert Vegmarxaus va Zaskiya Alers;
2013-2014– Gert Vegmarxaus va Margaren Vald;
2014-2015– Gert Vegmarxaus va Svena Xoffmann;
2015-2016– Gert Vegmarxaus;
2016-2017– Gert Vegmarxaus va Margaret Bux;
2017-2018– Simon Krechmer.
2018-2019- Simon Krechmer
2019-2020- Simon Krechmer.