Umumiy fizika kafedrasi

Kafedra mudiri Begmatova Dilfuza Abdullajonovna
Kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +99890 959-17-93
Faks
e-mail dilfuza.fizic@mail.ru
1969 yili tashkil etilgan Fakultetlararo umumiy fizika, 1976 yilda tashkil etilgan Fizikani o`qitish uslubi va tarixi va 1955 yili faoliyatini boshlagan Atmosfera fizikasi kafedralari 2005 yili birlashtirilib, Umumiy fizika, fizikani o`qitish uslubi va atmosfera fizikasi kafedrasi nomini oldi va 2011 yildan Umumiy fizika kafedrasi deb yuritilmoqda.

Universitet tashkil etilgan kundan boshlab Fizika kafedrasi o`z faoliyatini boshlagan. Kafedra ishini rivojlantirishga taniqli olimlar N.N.Zlatovratskiy, A.E.Levashev, N.V.Krimenevskiy, L.N.Dobretsov katta hissa qo`shganlar.

1936 yili Fizika kafedrasi qoshida Eksperimental fizika kafedrasi tashkil etildi. 1936-1965 yillar orasida Eksperimental fizika kafedrasiga atoqli olimlar S.V.Starodubtsev, J.N.Shuppe, S.U.Umarov, I.I.Islomov va I. Andreev rahbarlik qildi. Dots. R.K.Karimov 1965-1969 yillar davomida Eksperimental fizika kafedrasining faoliyatini boshqardi. U kafedra qoshidagi o`quv laboratoriya jihozlarini yangilash, ilmiy ishlarni takomillashtirishda va yangi laboratoriya ishlarini qo`yishda katta tashabbus ko`rsatdi.

1969 yili Eksperimental fizika kafedrasi ikkiga bo`lindi: fizika fakulteti talabalari uchun Eksperimental fizika va tabiiy fakultet talabalari uchun Fakultetlararo umumiy fizika kafedrasi.

1969-1989 yillar davomida Eksperimental fizika kafedrasini dots. U.V.Azizov, 1989-1995 yillarda esa prof. I.Bo`riboev boshqardi. Fizikani o`qitish uslubi va tarixi kafedrasini 1976 - 2004 yillarda prof. E.N.Nazirov boshqardi.

1969-1991 yillar davomida Fakultetlararo umumiy fizika kafedrasini qattiq jismlar fizikasi va kimyosi sohasidagi atoqli olim prof. M.A.Ma`rupov boshqardi. Prof. M.A.Ma`rupovning universitetlarda va umuman ilmiy maktabda fizika fanini o`qitishni takomillashtirish borasidagi xizmatlari alohida diqqatga sazovor. 1991 yildan 2012 yilgacha kafedraga professor U. Abdurahmanov mudir bo`lgan. 2012 yilda kafedraga professor A.V.Umarov mudirlik kilgan. 2013 yildan boshlab dotsent D.A.Begmatova ushbu kafedrani boshqarib kelmoqda.

Kafedra professor-o`qituvchilari:

1. BEGMATOVA DILFUZA ABDULLAJONOVNA (kafedra mudiri)
2. ABDURAXMONOV UMARBEK (professor)
3. QURBONOV MIRZAAHMAD (professor)
4. TURSUNOV IKROMJON GULAMJONOVICh (dotsent)
5. ZOXIDOVA MAVLYuDA ABDUKARIMOVNA (dotsent)
6. ABDULLAEV RAXMATILLA MIRSAATOVICh ( dotsent)
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura