Falsafa manaviyat asoslari kafedrasi

Kafedra tarixi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1991 yil 1 sentyabrdagi 

42-sonli qaroriga binoan O‘zbekiston Milliy universiteti (shu vaqtda Toshkent Davlat universiteti) tarkibida “Jahon madaniyati va tarixi” kafedrasi tashkil etilgan. 1999 yilda kafedraning nomi “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi deb o‘zgartirildi. 2005 yil 10 fevraldan O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashi qarori bilan “Ma’naviyat asoslari” va “Dinshunoslik” kafedralari birlashtirilib, “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi tashkil etildi va u
2019 yilgacha faoliyat olib bordi.

 Kafedra mudirlari: 1991-2019 yillarda kafedra mudiri lavozimida  f.f.d., prof. A.Abdusamedov (1991-1995 yillar), f.f.n. E.Gulmetov (1996-1997 yillar); f.f.n., dots. Sh.Shoabduraximova (1998-1999 yillar), t.f.d., prof. M.Abdurahmonov (2000-2016 yillar), f.f.d., prof. M.Nurmatova (2016-2017 yillar), f.f.d., prof. O.Nishanova (2017-2018 yillar), falsafa doktori (PhD) A.Tashanov (2018-2019 yillar), falsafa doktori (PhD) F.Bozarova (2019-2020) faoliyat olib bordilar.

Kafedraning hozirgi davrdagi faoliyati: 2019 yil 4 noyabrda universitet Kengashining qarori bilan “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi deb nomlandi. 2019 yildan buyon f.f.d.,prof. N.A.Shermuxamedova “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

Kafedraning strukturasi: 12 shtat birligidan iborat,  ulardan 4ta fan doktori, professor, bitta fan nomzodi, dotsent, 3ta falsafa doktori (PhD) faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat 73 %, o‘rtacha yosh 41 yosh.

Jamoa a’zolari: f.f.d, prof. N.A.Shermuxamedova, f.f.d., prof. M.A.Nurmatova, f.f.d., prof. v.b. O.Dj.Nishonova, f.f.d., v.b. N.B.Abdullaeva, f.f.n., dots. B.X.Jalilov,  f.d. (PhD), dots. v.b. F.G‘.Bozarova, f.d.(PhD), katta o‘qituvchi U.Mahkamov, f.d.(PhD), katta o‘qituvchi J.Q.Yusubov, o‘qituvchilar Yu.Namozova, B.Yalgashev, G.Ikramova kabi soha olimlari va tajribali pedagoglar samarali faoliyat olib bormoqda.

O‘quv ishlari

Kafedrada  “Falsafa” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi, kechgi va sirtqi), “Falsafa (sohalar bo‘yicha)” va “Madaniyatshunoslik” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

“Falsafa” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar: “Falsafaga kirish”, “Ontologiya va gnoseologiya”, “Ma’naviyat falsafasi”, “Dinlar falsafasi”, “Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi”, “Globallashuv asoslari”, “Fan falsafasi va metodologiyasi”, “Madaniyat falsafasi” fanlari;

“Falsafa (sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligida o‘qitiladigan fanlar: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Fan falsafasi”, “Inson falsafasi”, “Texnika falsafasi”, “Semiotika”, “Falsafiy innovatsiyalar: konsepsiya va yondashuvlar” fanlari;

 “Madaniyatshunoslik” mutaxassisligida o‘qitiladigan fanlar: “Madaniyat nazariyasi va tarixi”, “Etnomadaniyat”, “Mediamadaniyat”, “Boshqaruv madaniyati”, “Kasb madaniyati”, “Diniy madaniyat” fanlari o‘qitilib kelinmoqda.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasining birinchi Ijtimoiy-gumanitar fanlar blokidagi “Dinshunoslik” fanidan o‘zbek va rus tillarida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boradilar.

O‘quv-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magsitratura mutaxassisliklari talabalari uchun barcha fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashr etganlar.

Xususan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida “Falsafaga kirish”, “Borliq va rivojlanish falsafasi”, “Gnoseologiya”,  “Tabiatshunoslik falsafasi”, “Falsafani o‘qitish metodikasi”, “Dinlar falsafasi” “Dinshunoslik”, “Religiovidenie”.

Magistratura mutaxassilari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Fan falsafasi”, “Texnika falsafasi”, “Inson falsafasi”, “Semiotika”, “Etnomadaniyat” darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.

Kafedrada o‘quv jarayonini tizimli tashkil etish uchun 6 ta uslubiy qo‘llanma, 8 uslubiy ko‘rsatma nashr etilgan: “Madaniyatshunoslik” mutaxassislari uchun magistrlik dissertatsiya tayyorlash”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavr talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi tayyorlash”, “Bakalavr va magistr talabalari uchun kurs ishi va mustaqil ta’lim ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”.

O‘quv adabiyotlarini nashr etish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan 17 ta guvohnoma va 4 ta patent olingan, 178 ta videodars tayyorlangan. 

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

Kafedra ikkita  “Falsafiy innovatsiyalar: konsepsiya medotologik yondashuvlar” va “O‘zbek xalqining diniy, ma’naviy, madaniy qadriyatlari va hozirgi zamon” ilmiy tadqiqot yo‘nalishda faoliyat olib boradi.

 Yo‘nalishlar doirasida 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va logika va 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari ixtisosliklari bo‘yicha kunduzgi doktoranturada o‘qish tashkil etilgan, shuningdek mustaqil tadqiqotchi va izlanuvchilarning ilmiy faoliyat olib boradi.

Ilmiy yo‘nalishlar doirasida  5 ta tayanch doktorant,  8t a mustaqil izlanuvchilar va 1 ta Turkiya fuqarosi erkin mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda.

2020 yilda al Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti bilan hamkorlik shartnomasi doirasida 2ta doktorantning 3-fevraldan-martgacha dinshunoslik ixtisosligi bo‘yicha stajirovkasi o‘tkazildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari: 2017-2020 yillarda 5 ta xalqaro, 3 respublika monografiyalari (4 tasi hamkorlikda), 25 ta Xalqaro jurnalda, shundan 10 tasi Scopus bazasida va
21 ta respublikaning OAK ro‘yhatiga kiritilgan jurnallarda maqolalar, shuningdek 50 dan ortiq respublika va xalqaro konferensiyalarda tezis va maqolalar, 1 ta lug‘at (oliy ta’lim muassasalari da foydalaniladigan asosiy tushuncha va atamalar izohi), 3 ta risola (“Sog‘lom avlodni tarbiyalash – davr talabi”, “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”) nashr etilgan.

 Kafedra professor-o‘qituvchilarining xalqaro ma’lumotlar bazalarida faolligi
Scopus-12, RINS-10 ta, Google Scholar- 82 ta va Researche Gateda- 23, Ziyonet tarmog‘i - 5ta maqolalar joylashtirilgan.

 Kafedraning ilmiy salohiyati: 2017-2020 yillarda 1ta fan doktori (N.Abdullaeva “Badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizaynning immanent hususiyatlari” (2017 yil), 5 ta falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD): (F.Bozarova “Immanuil Kant estetikasida go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarining transformatsiyasi” (2018 yil), Yo.Ernazarova “Shaxs faoliyatida kasbiy va axloqiy madaniyat uyg‘unligi” (2018 yil), B.Mamatyusupov “Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida axloqiy va huquqiy qadriyatlar transformatsiyasi” (2018 yil), U.Mahkamov “Dialog – ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishning metodologik omili” (2019 yil), J.Yusubov “Abu Nasr Forobiyning ma’naviy-axloqiy kamolot va shaxs barkamolligi haqidagi ta’limoti” (2020 yil) dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qildilar

Xalqaro hamkorlik: 2019-2020 o‘quv yilida Dog‘iston, Kirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlari oliy ta’lim muassasalari va Fransiya ilmiy tadqiqot markazi bilan shartnomalar imzolangan. Shartnoma doirasida Dog`iston davlat universiteti kafedra mudiri, f.f.d, professor M.Bilalov, Fransiya Sarbona universiteti professori A.Fishler, Qozoq Milliy universiteti professori T. Gabitov, Rossiya fanlar akademiyasi ijtimoiy falsafa bo‘limi xodimi professor A.Gezalov, Qozog‘iston Fanlar akademiyasi Falsafa instituti professori Ayajon Sagi qizining mahorat darslari va fan haftaligi doirasida xalqaro ilmiy seminar tashkil etilgan.

Xalqaro va respublika konferensiyalari: Kafedra professor o‘qituvchilari
2017-2020  yillar davomida Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Shvetsiya, Turkmaniston, Azarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilida kafedraning tashabbusi bilan 1 ta xalqaro va 1 ta respublika konferensiyasi tashkil etildi, shuningdek hamkorlik doirasida 3 ta xalqaro konferensiya,
2 ta xalqaro seminar, 3 ta respublika konferensiyasini tashkil etishda ishtirok etdi.

Ilmiy jamoatchilik ishlari: Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari Rossiya falsafa jamiyati a’zosi, professor N.Shermuxamedova Rossiya falsafa jamiyati Prezidiumi a’zosi.

 Professor N.Shermuxamedova “Falsafa va hayot” xalqaro jurnalining bosh  muharriri va 6 ta xalqaro jurnallarning tahrir hay’ati a’zosi.

Ilmiy Kengash a’zolari: Kafedra mudiri, professor N.Shermuxamedova
O‘zMU huzuridagi falsafa ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy Kengashning jamoatchilik asosidagi vaqtincha rais vazifasini bajaruvchisi, falsafa doktori (PhD) U.Mahkamov Ilmiy Kengash kotibi, professor M.Nurmatova, professor O.Nishonova, professor N.Abdullaeva Kengash a’zolari, shuningdek professor O.Nishonova, professor N.Abdullaeva milliy g‘oya, siyosatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha kengash va seminar a’zosi.

Professor N.Shermuxamedova SamDU huzuridagi falsafa ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash va seminar a’zosi.

Falsafa doktori (PhD) J.Yusubov Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Tarix va ijtimoiy fanlar” bo‘yicha Ilmiy-texnik Kengash kotibi bo‘lib faoliyat olib bormoqda.

Ustoz-shogird tizimi

2019-2020 o‘quv yilida G‘azalxon yoshligi ruknida A.Navoiy va Z.M.Bobur tavallud kuni munosabati bilan badiiy oqshom tashkil etildi.

2017-2020 yilda “Dinshunoslik” fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasida 3ta talaba g‘olib bo‘ldi. “Men diniy ekstremizm va terrorizmga qarshiman”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzularida insholar tanlovi tashkil etib kelinmoqda. 

Pardaev Sultonmurod “Korrupsiya asr vabosi” mavzusidagi  va “Mening yurtim” respublika tanlovi g‘olibi.


 “FALSAFA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI

professor-o‘qituvchilari tarkibi

 

 

Professor-o‘qituvchilarning ismi sharifi

 

Lavozimi

1

Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna

Kafedra mudiri,

falsafa fanlari doktori, professor

2

Nishonova Ozoda Djaloliddinovna

falsafa fanlari doktori, professor v.b.

3

Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna

falsafa fanlari doktori, professor v.b.

4

Djalilov Baxtiyor Xidaevich

falsafa fanlari nomzodi, dotsent

5

Bozorova Feruza G‘aybullaevna

falsafa doktori (PhD),

dotsent v.b.

6

Mahkamov Ulug‘bek Abdugapporovich

falsafa doktori (PhD),

katta o‘qituvchi

7

Yusubov Jaloliddin Qadamovich

falsafa doktori (PhD),

katta o‘qituvchi

8

Namozova YUlduz Muzaffarovna

o‘qituvchi

9

Yalgashev Bunyod Maxmudovich

o‘qituvchi

10

Ikramova Gulnora Muzaffarovna

o‘qituvchi

 

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura