O`zbekiston Respublikasi bugungi kunda jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirimoqda. Shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini tashkil etishning zamonaviy usullari, o`sib kelayotgan yosh avlodni o`z kuch va imkoniyatlariga ega bo`lgan ishonch, ularda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash, mustaqillik g`oyasini singdirish, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish va ularni kashf etish shular jumlasidandir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 10 avgust kuni Xalqaro Taekvondo (WTF) federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish, O`zbekistonda yirik xalqaro turnirlarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O`zbekiston Milliy universitetida Taekvondo fakul`tetini ochish g`oyasi ilgari surildi. Ikkitomonlama uchrashuvning natijasi sifatida 2017 yil 16 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Milliy universitetida “Taekvondo va sport faoliyati fakulteti“ni tashkil qilish to`g`risida”gi 3390-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning asosiy maqsadi – Taekvondo (WTF) sport turining O`zbekistondagi taraqqiyotini ta`minlash va yuqori malakakli kadrlarni tayyorlash.
BIZNING VAZIFAMIZ
Shaxsiy dunyoqarash va madaniyat, yuksak insoniy xususiyatlar, o`z ishiga javobgarlik hissi, tashabbuskorlik xususiyatlarini shakllantirish, turli sport mashg`ulotlaridan faqat jismoniy faoliyat jarayonida emas, balki kundalik hayotga tadbiq etish, shaxs va oila salomatligini saqlash, sog`lom turmush darajasi va yuqori samarali faoliyatni tashkil etishdan iborat.
“Taekvondo va sport faoliyati” fakultetining asosiy vazifalari quyidagilardan ibrat:
- taekvondo WTF sport turini o`qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o`zlashtirgan, ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- xalqaro ilg`or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo`lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta`lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- yuqori malakali trener va o`qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko`nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan zamonaviy o`qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish;
- ta`lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste`dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko`nikmalarni shakllantirish;
- yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash;
- respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash;
- o`qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo`yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o`tkazish;
- mavjud o`quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta`lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta`minlaydigan o`qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Fakultetning ta`lim yo`nalishlari
- 5610518 – Sport faoliyati Taekvondo (WTF)
- 5610700 – Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish
- 5610700 – Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish (sirtqi)
Fakultetda 2018-2019 o`quv yilida uch ta yo`nalish bo`yicha yuzdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bugungi kunda fakul`tetda ikkita kafedra faoliyat yuritmoqda : “Taekvondo va sport faoliyati ”hamda “Jismoniy tarbiya va sport”. Bakalavriat ta`lim yo`nalishining o`quv muddati 4 yil. Talabalar bilan o`quv mashg`ulotlari o`zbek, rus va koreys tilida olib boriladi.
Sifatli ta`lim jarayonini ta`minlash maqsadida “Taekvondo va sport faoliyati ” kafedrasiga o`quv mashg`ulotlarini olib borish uchun koreyalik Taekvondo (WTF ) KUKKIWON akademiyasi vakili fan doktori, professor Baek Mun Jon va O`zbekiston Taekvondo milliy terma jamoasi etakchi murabbiysi, xizmat ko`rsatgan murabbiy Kim Aleksandr Anatolevichlar jalb qilingan.
Bugungi kunda o`quv-metodik va ilmiy – ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan:
- Chuvash davlat qishloq xo`jalik akademiyasi(Cheboksarы);
- Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali;
- “Dankook”universiteti ( Janubiy Koreya)Bugungi kunda o`quv-metodik va ilmiy – ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi oliy ta`lim m
- “Yongin ” universiteti (Janubiy Koreya)
- Universitetimizda 20 ta turdagi sport turlari bo`yicha mashg`ulotlar yo`lga qo`yilgan bo`lib, bundan tashqari yana quyidagi sport turlarini yo`lga qo`yish rejasi mavjud: Taekvondo (WTF), voleybol (erkaklar va ayollar), futbol, engil atletika, shaxmat-shashka, armrserling, suzish, mini-futbol, gandbol, basketbol (erkaklar va ayollar), yunon-rum kurashi, stol tenisi va boshqalar.
Bizning talabalarimiz orasida Jahon va Osiyo o`yinlari g`oliblari hamda O`zbekiston chempionlari va boshqa ko`plab nufuzli xalqaro musobaqalar sovrindorlari mavjud.
Bizning xamkorlar