Xorijiy abiturientlar uchun

Puatye universiteti (Fransiya) yangi Erasmus + loyihasi bo‘yicha O‘zMU hamkori


2019-yil 9-dekabr kuni Puatye universiteti (Fransiya) delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Erasmus + loyihasi koordinatori Patris Naudin, italyan tili professori Lichia Bagini va fransuz tili professori Korin Delbartlar bor edi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Ta‘lim masalalari bo‘yicha Attashesi Sofiya Jindt ham rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Hakimovna Shirinova mehmonlarni universitet tarixi, yutuqlari va xalqaro faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Erasmus + loyihasi koordinatori Patris Naudin o‘z taqdimotida Puatye universiteti hamda yangi Erasmus + KeyAction1 loyihasi haqida so‘zlab berdi. O‘zMUning xalqaro hamkorlik bo‘limi va Puatye universiteti o‘rtasidagi qo‘shma loyihasi ma‘muriy xodimlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek 2019-2023 yillarda talabalar va doktorantlarning fransuz va ingliz tillari, matematika, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha akademik harakatchanligini ta‘minlashga qaratilgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, loyihaning eng muhim jihatlari, shuningdek universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura