Xorijiy abiturientlar uchun

O‘zMU va Career Lifters (Hindiston) kelajakdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.


O‘zMU va Career Lifters (Hindiston) kelajakdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

26-fevral kuni Career Lifters (Hindiston) halqaro kompaniya delegatsiyasi O‘zMUga tashrif buyurdi. Delegatsiyani O‘zbekiston Milliy Universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raxima Shirinova qabul qildi.

Uchrashuv davomida kompaniya vakili Gunyanjan xonim kompaniyaning missiyasi to‘g‘risida to‘xtaldi. Career Lifters talimga oid loyihalarni tashkillaydi va amalga oshiradi. Bularga o‘quv ko‘rgazmalari, seminarlar, qisqa muddatli kurslar, Hindiston va boshqa mamlakatlar universitetlari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan universitetlar uchun talabalar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlari kiradi. Kompaniya 2018 yilda tashkil topgan, bosh qarorgohi Faridobodda (Haryana shtati) joylashgan. Kompaniya Dubay (BAA), Singapur, Malayziya, Nepal universitetlari va shuningdek BRIKS mamlakatlari universitetlari bilan yaqin hamkorlik aloqalariga ega.

Uchrashuv davomida O‘zMU xalqaro bo‘limining mutaxassislari talabalar almashinuvi dasturlari, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha Hindiston universitetlari bilan ikki tomonlama loyihalarni tashkil etish to‘g‘risida ma‘lumot olishdi. Bundan tashqari, uchrashuvda chet ellik talabalarning Hind universitetlari shaharchalarida istiqomat qilishi va tahsil olishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zMU xalqaro bo‘limi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura