Xorijiy abiturientlar uchun

Аrmaniston Respublikasining Oʼzbekistondagi elchisi OʼzMUga tashrif buyurdi.


Аrmaniston Respublikasining Oʼzbekistondagi elchisi OʼzMUga tashrif buyurdi.

26 fevral kuni Аrmaniston Respublikasining Oʼzbekistondagi elchisi janob Аram Grigoryan OʼzMUga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni universitet rektori Аvazjon Marahimov, xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Xakimovna va ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Gʼolibjon Botirovlar kutib oldilar.

Uchrashuv davomida OʼzMU rektori Аvazjon Marahimov universitetning boy tarixi va zamonaviy koʼp qirrali faoliyati toʼgʼrisida soʼzlab berdi. Xususan, rektor Аvazjon Maraximov Xolon texnologik instituti (Isroil), Qozon Federal universiteti (Rossiya) bilan intellektual texnologiyalar, axborot va kiber xavfsizlik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan fakulьtetlar bilan olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida soʼzlab berdi. OʼzMUdagi ushbu boʼlimlar yosh olimlari va iqtidorli xodimlari hozirda nomi keltirilgan xorijiy universitetlarda maʼruzalar oʼqimoqdalar. Shuningdek, rektor Аvazjon Marahimov universitetda soʼnggi uch yil ichida amalga oshirilgan xalqaro ilmiy loyihalar hamda talabalar va oʼqituvchilar almashinuv dasturlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Аrmaniston Respublikasining Oʼzbekistondagi elchisi Аram Vardanovich Grigoryan oliy taʼlim tizimi haqida gapirib beri. Uning tarkibida Yerevan davlat universitetidan tashqari politexnika, tibbiyot, til, slavyan, amerika, frantsuz va boshqa universitetlar ham faoliyat yuritadi. Elchi janoblari yaqin kelajakda oʼzi oʼqigan Yerevan davlat universitetining sharqshunoslik fakulьtetida oʼzbek tili va adabiyoti boʼlimining ochilishiga hissa qoʼshish niyatini bildirdi. Аram Vardanovich Grigoryan OʼzMU va Аrmanistonning yetakchi universiteti - Yerevan davlat universiteti oʼrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolashda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. Hamkorlikka qilinadigan birinchi qadam sifatida Elchi janoblari OʼzMU negizida arman tili va adabiyotini oʼrganish markazini ochish taklifini berdi. U yerda uning vatandoshlari - Oʼzbekiston fuqarolari oʼz ona tillari, tarixi va madaniyatini oʼrganishlari mumkin.

OʼzMU rektori Аvazjon Marahimov keng koʼlamli masalalar boʼyicha qoʼshma taʼlim, almashinuv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Xususan, rektor Аvazjon Maraximov Elchi janoblarini bugungi kunda OʼzMU Yerevan davlat universiteti bazasida Oʼzbekiston-Isroil-Аrmaniston qoʼshma texnologiya fakulьtetini tashkil etish, qolaversa, talabalar, yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun almashinuv dasturlarini tadbiq qilish boʼyicha tashkiliy masalalarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.

Doʼstona uchrashuvda tomonlar oliy oʼquv yurtlari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni turli millat va elatlarning madaniyati va eʼtiqodlariga hurmat va bagʼrikenglik ruhida tarbiyalash orqali milliy taraqqiyot poydevori boʼlishi zarurligini taʼkidladilar. Uchrashuv yakunida rektor Аvazjon Maraximov va janob Аram Grigoryan Аrmanistonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash boʼyicha konsultatsiyalar oʼtkazishga kelishib oldilar.

OʼzMU xalqaro boʼlimi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura