Xorijiy abiturientlar uchun

Xalqaro grantlar hamda akadem almashinuv kurslari boʼyicha talabalar bilan muloqot boʼlib oʼtdi.


“Xalqaro grantlar hamda qisqa muddatli akadem almashinuv kurslari”mavzusida oʼtkazilgan uchrashuv haqida

MАЪLUMOTNOMА

2020 yil 26 fevralь kunida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʼlimi tashabbusi bilan“Xalqaro grantlar hamda qisqa muddatli akadem almashinuv kurslari” mavzusida OʼzMU “Harakatlar strategiyasi” xonasida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor, xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʼlimi boshligʼi, fakulьtet oʼquv va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, magistrant va talabalar hamda erkin tinglovchilar, jami 90 kishi qatnashdi.

Indoneziya, Koreya, Malayziya va Turkiya davlatlari universitetlari taklif qilgan qisqa akadem almashinuv, yozgi maktablar va amaliyot oʼtash kurslari bilan talabalar tanishtirildi. Uchrashuv doirasida taqdimotlar oʼtkazilib, jumladan Janubiy Koreya davlatining “Fan va tenologiya instituti”, Indoneziyaning “Аirlanga” universiteti, Malayziya texnik hamkorlik dasturi haqida taqdimot Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʼlimi uslubchisi Mirjalol Yaxshiboev tomonidan tanishtirildi. 
OʼzMU xalqaro boʼlimi
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura