Hurmatli talaba-yoshlar!
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev talaba-yoshlarga murojaat qilib: "Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va oʼquvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:
Аziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor oʼtkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan oʼzlashtiring. Kitob oʼqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang", degan edilar.
Ushbu Murojaatdan kelib chiqib siz aziz hurmatli talabalar Ta‘til davrida qanday mashg‘ulotlar bilan bandsiz? Hozir qaysi badiiy kitoblarni o‘qiyapsiz? Sog‘lom turmush tarziga amal qilyapsizmi?
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi tomonidan yangi tanlov!
"UYDAGI QAHRAMONLAR"
O‘zingiz yoki uydagi yaqinlaringizni ta‘til davrida nima bilan shug‘ullanayotganlarini ajoyib sur‘atlarini yoki videolarni Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev @Vunderkind88 ga yuboring va online ovoz berish jarayonida ishtirok eting hamda Qahramonga aylaning!
Siz yuborgan video yoki rasmda albatta F.I.SH, fakultetingiz, kursingiz va qaysi viloyatdan ekanligingiz ko‘rsatilishi lozim.
3 NAFAR QAHRAMONLAR HAR KUNI SOAT 21-00 DA E‘LON QILINADI VA ULARNING RASMI YOKI VIDEOSI O‘zMU telegram KANALIGA JOYLANADI.
UYDAMISIZ? -DEMAK QAHRAMONSIZ!
Unutmang, birlashib biz bir kuchmiz va har qanday qiyinchilikni yengib o‘ta olamiz!
#TalabalarKarantinda #BizBirgamiz
#FoydaliKarantin #StopKoronavirus
Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi