Xorijiy abiturientlar uchun

AXBOROT XATI

Siz tashabbuskormisiz?  Sizda kreativ takliflar bormi? Unday bo`lsa, bu aynan siz uchun ulkan imkoniyat!!!

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining ma‘naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi tashabbusi bilan “YANGI TASHABBUS – KREATIV YONDASHUV – ULKAN IMKONIYAT” mavzusidagi online konfrensiya joriy yilning 24-aprel kuni Zoomplatformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Konfrensiyadan ko`zlangan asosiy maqsad karantin sharoitida Oliy ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni masofadan turib tashkil etish, uzluksizligini ta`minlash va bu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish istiqbollari bo`yicha kreativ va innovatsion g`oyalarni amalda tatbiq etish hisoblanadi.

Online konfrensiya moderatori: O`zMU ning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Kamolidin MIRZAAXMEDOV

MA’RUZACHILAR:

1.              “Masofaviy tadbirlar – zamon talabi” - Otabek BOZOROV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i.

 

2.    “Qizlar tarbiyasidagi nuqsonlar: ayb kimda?” -Lalixon MUXAMEDJANOVA, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Etika va estetika kafedrasi mudiri, professor.  

3. “Onlayn makon – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ulkan imkoniyat”- Botir MALLABAYEV, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.

4. “COVID-2019” pandemiyasi davrida jismoniy tarbiya va sportning o`rni – Ulug`bek KARIMOV, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvando va sport faoliyati fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari.  

5. “Yoshlar ma’naviyatida tolerantlik dunyoqarashini shakllantirish masalasi” -  Hikmat POLVONOV, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

6. Talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishda onlayn intellektual o`yinlarning ahamiyati – Nodir Hurramov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Yoshlar ittifoqining BT yetakchisi, 1-bosqich magistri.

7. Talabalarning mavzuga oid taklif va mulohazalari.

Online konfrensiya 2020-yil 24-aprel  kuni soat 11-00 da “Zoom" platformasi orqali amalga oshiriladi. Online konfrensiya ssilkasi konfrensiya boshlanishidan 1 soat oldin O‘zMU telegram kanali va barcha fakultet telegram manzillariga yuboriladi. 

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura