Xorijiy abiturientlar uchun

Matematika fakulteti ATMDT yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, O‘zMU stipendiyasi sohibasi Ibroximova Mavludaning tengdoshlariga murojaati!

Hurmatli yoshlar, aziz tengdoshlar.

Bugungi, mamlakatimiz va xalqimiz uchun sinovli, ko’rinmas va yovuz dushman vatanimizning har bir fuqarosini istalgan joyda o’z domiga ilintirishi mumkin bo’lgan, muhtaram Prezidentimiz rahbarligi va bevosita nazorati ostida mamlakat hukumati, tegishli vazirliklar, idoralar, turli tashkilotlar, tibbiyot mutaxassislari, Ichki ishlar organlari xodimlari, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ko’plab boshqa bugungi og’ir kunlarimizning haqiqiy qahramonlari tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo’yicha qator chora-tadbirlar ko’rilayotgan kunlarda – bizning asosiy vazifamiz karantin davri talablarini so’zsiz bajarishdir. 
Hozirgi, dunyoning ko’plab rivojlangan davlatlarida ushbu kasallik bilan zararlangan bemorlar soni har soatda ortib borayotgan, ming afsuski, ushbu kasallikdan davo topa olmay vafot etayotganlar soni kundan kunga ko’payayotgan kunlarda, davlatimiz rahbariyati tomonidan o‘z vaqtida, ko‘p jihatdan kasallik tarqalishining oldini olish uchun ko’rilgan va ko’rilayotgan choralar natijasida, vatanimizda ushbu kasallikdan zararlanganlar soni nisbatan ko’p emas, ushbu kasallikdan batamom davo topganlar soni esa xalqimiz baxtiga tobora ortib bormoqda. 
Aziz do’stim.
        Biz oddiy talabalar, ko’p millatli bag’rikeng O’zbekiston xalqining vakillari va kelajagi, bugungi xatarli kunlarda muhtojlarga moddiy yordam ko’rsata olmasakda, kasallik bilan kurashning oldingi saflarida turgan qahramonlarga karantin davri talablarini bajarishimiz, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishimiz, ularga rioya etishda o’zimizga va yaqinlarimizga nisbatan bo’lgan talabchanligimiz bilan yordam berishimiz mumkin. 
Hurmatli tengdoshim 
  Insoniyatning eng asosiy boyliklaridan biri – bu vaqtdir. O’tgan kunlar, haftalar, oylar, yillarni ortga qaytarishning imkoni yo’q. Shu sababli biz karantin davrining har bir daqiqasini o’zimiz, yaqinlarimiz va jamiyatimizga foyda keltirgan holda o’tkazishimiz zarur. Buning yagona yo’li esa, chuqur bilimga ega bo’lish, o’z kasbining yetuk mutaxassisi va mehnat jamoasining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lishdir.
        Hamma narsa o’tadi. Ishoning bu  sinovli kunlar ham tez fursatlarda ortda qoladi, yaqin kunlarda avvalgiday quvnoq, baxtiyor kunlarimiz yana qaytadi, hozirda bo’shab qolgan ko’chalar, hiyobonlar, kutubxonalar va albatta bizning jonajon auditoriyalarimiz yana odamlar bilan to’ladi, bizning O’zbekistonimiz – buyuk o’tmishga, bugungi va kelajakka ega b’lgan davlat har bir O’zbekiston fuqarosi va mehmonlari uchun yana yerdagi jannatga aylanadi. 
 
Yaqinlaringizni va o’zingizni asrang. Yaqin yaxshi kunlarda ko’rishguncha.

PS: Karantinda yangi bilim o’rganib chiqmagan nomard!!!
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura