Xorijiy abiturientlar uchun

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

Bolalar koʼzimiz quvonchi, qalbimiz ardogʼi, umidimiz, ishonchimiz, hayotimiz mazmunidir!

Bolalar bilan xonadonimizda shoʼx kulgular, quvonch, begʼuborlik bor.

Bolalar bilan maqsalarimiz ulkan, orzularimiz davomli.

Bolalar borligʼimiz, ertamiz, davomchilarimiz.

Bolalarimiz sogʼ boʼlsin, barkamol boʼlib ulgʼaysin.

Olam bolalar kulgusiga toʼlsin!

Hamisha eʼtibor, gʼamxoʼrlik, parvarish va mehrga muhtoj boʼlgan kichkintoylarimizga oʼzimizda bor eng yaxshi narsalarni beraylik, ularni turli xavfu xatarlardan munosib himoya qilaylik, goʼzal xulqu tarbiyali, ilmu maʼrifatli qilib ulgʼaytiraylik. Doimo, har jihatdan ularga chiroyli namuna koʼrsataylik.

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" hamda "Butunjahon ota-onalar kuni" muborak bo‘lsin!

 O’zMU Yoshlar bilan ishlash bo’limi


Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura