Xorijiy abiturientlar uchun

Korrupsiya va poraxo`rlikka qarshi birgalikda kurashamiz

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi ta`minlanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunida qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Ushbu farmonda ta`lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida konseptual fikrlar o`rtaga tashlandi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug`bek nomidagi Ozbekiston Miliiy universitetida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi. Onlayn davra suhbatida fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Botir Mallabayev olib bordi.

Davra suhbati davomida Toshkent shahar Olmazor tumani 4-sonli ichki ishlar bo`limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori Bahodir Qudratov korrupsiya va uning kelib chiqishi, korrupsiyaga qarshi kurashga doir qonunchilik hujjatlari, poraxo‘rlikning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilib kelinayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib o`tdi.


Shuningdek, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi mudiri La`lixon Muhammedjanova avvalo, har bir inson o`zini vijdoni oldida doim pok bo`lish kerakligi, farzandlariga halol luqma berib, uni yoshligidan halol va poklikka o`rgatishi bir so`z bilan aytganda korrupsiya va poraxo`rlik holatlarni oldini olish uchun farzandlarimizni bolaligidan tog`ri tarbiyalashga alohida e`tibor berish lozimgini ta`kidlab o`tdi.

Davra suhbati davomida yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tanlov va musobaqalarni  muntazam o`tkazib borish taklifi bildirildi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat

 va ma`rifat bo`limi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura