Xorijiy abiturientlar uchun

Hurmatli Abiturient!

Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning O‘zbekiston Milliy universitetini  tanlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bizning jamoa o‘z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o‘z maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy universitetini kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 88 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida  5125 nafar talabani  qabul qiladi. 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq masofadan amalga oshirildi. Bizning O‘zbekiston Milliy universitetiga kirish uchun 41 779 nafar abituriyent hujjatlarini  ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Siz hujjat topshirgan 20127 nafar kunduzgi, 6006 nafar kechki, 15646 nafar sirtqi bo‘lim ta’lim yo‘nalishlariga 41 779 nafar abituriyent talaba bo‘lish istagini bildirgan.

Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz - yoshlarning salomatligingizni o‘ylab, o‘z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi. 

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yil sentabr oyining 2-sanasidan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o‘tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz)dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

 

Muhtaram Abituriyent!

Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda va o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.

Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini so‘raymiz. 

Kirish imtihonlarining o‘tish muddati, jadvali va natijalari hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni www.nuu.uzsayti, https://t.me/uzmu_qabul2020telegramm kanalidan olishingiz, shuningdek devonxona@nuu.uz elektron adresga yoki 71 2463695, 71 246 6639, 71 2271346, 71 246 6639, 71 2464323, 71 2466961 raqamli telefonga murojaat etishingiz mumkin. 

Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Omad yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A. Maraximov

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura