Xorijiy abiturientlar uchun

Korrupsiya - taraqqiyot zavoli

O‘zbekiston Milliy universitetida " Korrupsiya-jamiyat taraqqiyotining kushandasi" mavzuida davra suxbati o‘tkazildi. Unda O‘zMU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov, Olmazor tuman Prokurorining katta yordamchisi Shaxzod Zufarov, O‘zMU yurist-konsultanti Guli Yaxyayevalar nutq so‘zladi.
Jamiyat, qolaversa talimda islohotlar qilishda korrupsiyani yo‘qotish dolzarb masala hisoblanadi. Korrupsiya aralashgan soha tanazzuli muqarrar. Lekin korrupsiyani eng achinarlisi, bilib-bilmay o‘zimiz ishtirokchisiga aylanib qolishimizdir. Bu borada ogohlik, hushyorlik, daxldorlik hissi bilan yashash, befarqlik illatidan uzoq bo‘lish, huquqiy savodxonligimizni oshirishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni bu borada yetarli axborotga ega bo‘lishlari xususida mutaxassislar malumot berishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv davomida Olmazor tumani prokuraturasi bilan hamkorlik qilish uchun yangi takliflar berildi.




O‘zMU Axborot xizmati
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura