Xorijiy abiturientlar uchun

XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ NASHRLAR QANDAY AMALGA OSHIRILADI?


Ma’lumki, universitetni xalqaro reytinglarda ishtirokini kengaytirish, yosh o’qituvchilar, doktorantlar va ilmiy hodimlarning reytinglarga qo’shadigan ulushini oshirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Huddi shunday amaliy ishlardan biri bu mahorat darslari va seminar-treninglardir. 2021 yil boshidanoq xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo’limi tomonidan muntazam ravishda seminar-treninglar o’tkazib kelinmoqda. Bu seminarlarda ilmiy maqola yozish, yuqori impakt faktorli jurnallarni tanlash, xalqaro elektron bazalardan foydalanish, xalqaro grantlarda ishtirok etish kabi mavzular muhokama etilishi rejalashtirilgan.

2021 yil 25-may kuni bo’lib o’tgan mazkur seminar mavzusi “Xalqaro standartlarga muvofiq nashrlar:Nashr turlari” mavzusi bo’ldi va ushbu mavzu xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo’lim boshlig’i Aziza Turakulova tomonidan seminar ishtirokchilariga taqdim etildi. Seminar davomida maqolani shakllantirish, maqola nashr etish talablari, adabiyotlar sharҳi, iqtibosliklar keltirish yo’l-yo’riqlari batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova ishtirokchilar talabini o’rganib, ular taklifi asosida keyingi seminar mavzularini shakllantirishni kelishib oldi. Seminar har ҳaftaning seshanba kuni muntazam bo’lib o’tishi to’g’risida ishtirokchilarga ma"lumot berildi va keyingi seminar mavzusi e’lon qilindi.

 

Raima Shirinova

Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura