Xorijiy abiturientlar uchun

YUZLARINGDAN BAXT PORLASIN, BOLAJON


Bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali inson qalbida hayotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Beg’ubor ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir.  

Bu kun yaqinlashgan sari nafaqat bolajonlar, balki katta yoshdagi yurtdoshlarimiz ham kun sanay boshlaydi. Axir turmush tashvishlariga o‘ralashib, charchagan vaqtlarimizda har birimiz bolaligimizga qaytgimiz, uning shirin tashvishlari va zavqli onlarini yana bir bor his qilgimiz keladi. Chunki, 1925-yilda Jenevada o‘tkazilgan bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”- debe’lon qilingan bo‘lib, shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida bayram sifatida nishonlanadi.

Bolalik – hayot ummoning musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun hayot tashvishlaridan yiroq.   Bugun – yoz faslining ilk kunida ko‘cha va xiyobonlar, istirohat bog‘lari baxtdan yuzlari porlagan bolajonlar bilan yanada gavjum. Bu kun kelajagimiz davomchilari uchun katta tantana tusini olgan.

Yurtimizda bolalar bayramiga bag‘ishlab qiziqarli tadbirlar, ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi. E’tiborga muhtoj, bemor bolalar holidan xabar olinadi, ular qalbiga quvonch ulashiladi.

Bugun ana shunday ezgu ishlardan biri O‘zbyekiston Milliy universitetining Psixologiya kafedrasi tomonidan amalga oshirildi.   Anglaganingizdek, so‘zimiz “UMID NIHOLLARI”  deb nomlangan ToshkentshaharUchtepa tumanidagi  404-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkazilgan bayram dasturi haqidaketyapti.

Ushbu tadbirda yosh bolalar o‘rtasida sanʼat, madaniyat, sport yo‘nalishlarida turli tanlov va musobaqalar tashkil etildi.

Bayram dasturining homiylari bo‘lmish O‘zbyekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining Psixologiya kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muhamedova va kafedraprofessor-o‘qituvchilaridan bo‘lmish Faxriddin Choriyev hamda Bobur Abdullayevlar bolalarning quvonchiga sherik bo‘lishdi.

Tadbir so‘nggida tadbir tashkilotchilari tomonidan navnihol bolalarga bayramona sovg‘alar - kitob va o‘quv qurollari jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Darhaqiqat, oilaning quvonchi farzand bilan. Har tong ishga yoxud safarga otlanar ekanmiz, farzandlarimiz baxti va kelajagini o‘ylab, yugurib - yelamiz. Uyga qaytganimizda esa ularning shodon kulgusini eshitib, barcha charchoqlarni unutamiz.

Bayramlar ham bolalar bilan totli. Bolalar kelajagimizegalari, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

 

O’zMU Axborot xizmati

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura