Xorijiy abiturientlar uchun

ILMIY TADQIQOTLAR SAMMITI


Joriy yilning 12-iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Milliy univyersiteti, "O‘zbekiston-Fransiya" do‘stlik jamiyati hamkorligida Ilmiy tadqiqotlar sammiti o‘tkazildi.

Mazkur sammitni O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori R.Shirinova o‘z nutqi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, sammitda Bosh prokuraturasi akademiyasi katta prokurori, y.f.d. A.S.Odinayev, Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i M.U.Amonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, dotsent A.A.Turg‘unov, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Sh.N.Muxamedov va M.Yu.Badalbayeva, Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" psixologi S.S.Islamova, O‘zMU dotsenti J.K.Yusubov, Jeneva universiteti magistranti J.T.Xushvaqovlar ilmiy faoliyat va uni yoshlarda shakllantirish yuzasidan maʼruzalar olib bordilar.

“Zoom” platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan sammitda 200 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu sammitda ilmiy loyihalar yozish tartibi, ilmiy sohada kadrlar tayyorlash, yoshlarga ilm-fan sohasidagi imkoniyatlar va yutuqlar, boshqa davlatlarga borib o‘qish faoliyatini davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, sammit ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Sammit so‘nggida maqolalar to‘plam shaklida chop etilishi aytildi va faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilar ilm-fan faoliyati bilan bog‘liq uchrashuvlar ko‘proq o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Sammit ishini tashkil etishdagi amaliy yordami uchun O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor R.Shirinovaga, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.Saburovga, hamkor tashkilot vakillariga, universitet Yoshlar ittifoqi BT raisi A.Usmanovga, Ijtimoiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalariga va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

 

O‘zMU Axborot xizmati

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura