Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi va respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida turli mavzularni o`z ichiga olgan tanlovlar e`lon qilingan edi. Jumladan, joriy yilning may-iyun oyida “Odam savdosi – davr muammosi” va “Eng yaxshi blogger” respublika tanlovning unversitet va final bosqchi o`tkazilib, g`oliblar aniqlandi.
Quvonarli jihati “Odam
savdosi – davr muammosi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining final bosqchida
40 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar
talaba-yoshlari o`rtasida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar
fakulteti
2-bosqich talabasi Saloxov Sirojiddin Sadriddin o`g`li birinchi o`rinni egallab
g`oliblikni qo`lga kiritdi.
G‘oliblar
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplom va
pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
Shuningdek, yana bir talabamiz – Jurnalistika
fakulteti 4-bosqich talabasi Sultonov Javohir Jahongir o`g`li “Eng yaxshi bloger” tanlovining
respublika bosqichida faxrli 1-o`rinni egalladi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma`naviyat va ma`rifat bo`limi