Xorijiy abiturientlar uchun

Sotsiologiyani o‘qitish va sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida mazkur oliy o‘quv yurtining Ijtimoiy fanlar fakulьteti Cotsiologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Etakchi yoshlar markazi bilan hamkorlikda 2018 yil 23 aprelda Sotsiologiyani o‘qitish va sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazdi. Sotsiologiyani o‘qitish va sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferentsiya Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash ?yili Davlat dasturi vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag‘ishlandi. O‘zbekistonda sotsiologiya fani taraqqiyoti, sotsiolog kadrlarni tayyorlash va sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq dolzarb masalalar borasida ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish tadbirning bosh maqsadidir. Konferentsiyada quyidagi masalalar muhokamasi o‘rin olgan: O‘zbekiston jamiyati mustaqillik yillarida (1991-2018) sotsiologiya nigohida: muammolar, jarayonlar, qonuniyatlar Oila, yoshlar, turmush tarzi va kundalik hayot sotsiologik muammo sifatida Amaliy sotsiologik tadqiqotlarda shaxs va jamiyat masalalarining yoritilishi Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etishda sotsiologiyaning o‘rni va roli Ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik masalalari sotsiologik muammo sifatida. Konferentsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining fan va ta’lim innovatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha chiqarilgan qarorlariga asosan rejalashtirildi va tashkil etildi. Muhokamaga taklif etilgan masalalar O‘zbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantirish borasida dolzarbdir. Konferentsiyada shuningdek, Samarqand davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Toshkent Islom universiteti, Toshkent temir yo‘llari va muhandislik instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti hamda boshqa bir qator oliy o‘quv yurtlari, gumanitar soha ilmiy-tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek bolalarni ijtimoiy muhofazalash tizimi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura