Xorijiy abiturientlar uchun

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

 Qabul jarayonlarining ilk kunidanoq keng yoritish uchun O‘zMUga tashrif buyurgan Uzreport TV telekanali ijodkorlari, xususan, o‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlab, rang-barang ko‘rsatuvlar tayyorlayotgan jurnalist Dilbar Abibullaevaga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz. 

Mamlakatimizdagi eng yuksak oliy ta’lim muassasasi asr tengdoshi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul boshlandi. 
Ayni paytda O‘zMUning Biologiya, Geografiya va tabiy resurslar, Geologiya va geoinformatsion tizimlar, Ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot, Kimyo, Matematika, Taekvondo va sport faoliyati, Tarix, Xorijiy filologiya, Fizika fakulьtetlariga hujjatlar qabul qilinmoqda. 
O‘tgan yillar mobaynida bu o‘quv maskanida tahsil olgan atoqli olimlardan 107 nafari akademik darajasiga erishganlar. Ulardan 23 nafari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidentlari bo‘lganlar. 
Olima ayollardan 130 dan ortig‘i fan doktori va professor ilmiy unvonlarini olganlar. 
Universitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga, shuningdek, ko‘plab professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, Buyuk xizmatlari uchun ordeni va boshqa unvonlarga sazovor bo‘lganlar. 
Shu kunga qadar O‘zMU talabalaridan 30 nafardan ortig‘i Prezident stipendianti, 25 nafardan ziyodi Mirzo Ulug‘bek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bo‘lganlar. 
Shu bilan bir qatorda o‘nlab iqtidorli talabalar xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari g‘oliblari sifatida dunyoga dong taratdilar! 
Haqiqiy olimning sabog‘ini olgan yoshlar ilm cho‘qqilarini zabt etishlariga umid qilsa bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zMUda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko‘rsatishayotgan bo‘lsa, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. 
Jahonga bo‘y ko‘rsatayotgan O‘zMU AQSh, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Isroil, Turkiya kabi 30 dan ortiq rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. Talabalarimiz o‘qish davomida ana shu xorij universitetlarida ham bilim va malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar! 
Ana shunday ulug‘ maskanda kamol topishni istagan abiturientlarga ajoyib xushxabarimiz bor. Bu yil qabul kvotalari O‘zMUda o‘tgan yilgiga nisbatan 1000 ta o‘ringa oshirilgan! Bu o‘qishga kirish uchun imkoniyatingiz qariyb ikki barobar ortdi, degani! 
Poytaxtimiz Toshkentning eng so‘lim go‘shasi Yoshlik shaharchasi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan O‘zMUda tahsil olish eng ezgu niyatli yoshlarimizga nasib etsin! 
Omad yor bo‘lsin, aziz abiturientlar! 
***
Ayni paytda O‘zMUning quyidagi yo‘nalishlariga hujjat qabul qilinmoqda: 

Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 
Filologiya va tillarni o‘qitish: 
ingliz tili 
nemis tili 
frantsuz tili 
rus tili 
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 
Arxeologiya
Falsafa
Matematika
Amaliy matematika va informatika
Biologiya (turlari bo‘yicha) 
Fizika 
Mexanika 
Astronomiya 
Kimyo 
Geografiya 
Gidrometeorologiya 
Geologiya
Geofizika
Tuproqshunoslik
Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
Geokimyo 
Sotsiologiya
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 
Arxivshunoslik 
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Kadrlar menejmenti
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funktsiyalari bo‘yicha)
Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti
Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)
Sport faoliyati (Taekvondo WTF)
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Neft va gaz kimyosi
Polimer va kompozitsion materiallar kimyosi
Ekonometrika
Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish
Foydali qazilma konlarini baholash va geomodellashtirish
Biotibbiyot fizikasi
O‘zMU Axborot xizmati


Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura