Abiturientlar diqqatiga!!!
Abiturientlar diqqatiga!
2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abiturientlar uchun navbatdagi xizmat tashkil etildi. Endilikda abiturient o‘zining test sinoviga qachon va qaysi smenada borishi hamda test topshiradigan bino va uning manzili haqida oldindan aniq ma’lumot olishi mumkin. Buning uchun Davlat test markazining dtm.uz saytidagi interaktiv bo‘limidan Kirish test sinovi topshirish vaqti" bo‘limi orqali so‘rov asosida tegishli joyga o‘zining fuqarolik pasporti seriyasi va raqamini kiritadi hamda aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz: Abiturient ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana (kun) va vaqt (smena)da test sinovlariga kelishi shart, boshqa sana va vaqtda test sinovlariga qo‘yilmaydi. DTM ruxsatnomalari test o‘tkaziladigan binolarda tarqatilmoqda
Barcha abiturientlarga omad tilaymiz.