Xorijiy abiturientlar uchun

O‘zbekiston Milliy Universiteti Xolon Texnologiya Instituti hamkorligida

O‘zbekiston Milliy Universiteti Xolon Texnologiya Instituti hamkorligida O‘zbek Isroil qo‘shma fakultetining bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha 10 dan 31 avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlarga qabul boshlanishi haqida e’lon qiladi:

- Muhandislik matematikasi

- Kompьyuter ilmlari

- Texnologiyalar menejmenti

Imtixonlar ingliz tili va matematika fanlaridan 4 sentyabrdan 10 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

IELTS/CEFR B2 sertifikatiga yoki matematikadan GMAT test sinovlaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abiturient tegishli fandan maksimal ballga ega bo‘ladi. Ikkita sertifikatga ham ega bo‘lgan abiturient fakultetga avtomatik tarzda qabul qilinadi.

O‘qish jarayoni 20 sentyabrdan boshlanadi.

Arizalar nuuhit@nuu.uz elektron manzil orqali qabul qilinadi.

Maslahat olish uchun quyidagi raqamlarga telefon qilishingiz mumkin: +998 71 2467424, +99871 2271314 


Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura