Bugun jurnalistika fakultetiga qardosh Qozogiston respublikasining Sulayman Demerel nomidagi universitetdan xamkasblarimiz xalqaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Muzokara davomida o‘zaro tajribalarni o‘rganish, professor -o‘qituvchilarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashlari , talaba almashinuvi xususida takliflari eshitildi. Shuningdek , turkiy xalqlar o‘rtasida axborot almashinuvi , xam mualliflikda ilmiy jurnal chop etish, onlayn maruzalar o‘qish xususida xam takliflar bildirildi.
2018 yil 22 noyabrdan 24 noyabrgacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetda Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. Seminar maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy O‘quv Yurtlari professor-o‘qituvchilarini O‘zbekistonning 27 ta oliy o‘quv yurtlarida o‘z faoliyatini boshlagan Kasblarni rivojlantirish markazi (KRM)ning vazifalari bilan tanishtirish edi. O‘qituvchilar KRM ning rahbarini vazifalari va markazni takomillashtirishdan iborat edi. Trening yakunida Britaniya Kengashi KRMni yanada rivojlantirish uchun kitoblar, darsliklar va audio-video resurslari ko‘rinishidagi materiallarni taqdim etdi.
O`zbekiston Milliy universitetida 2018 yil 19-20 oktyabr kunlari bo`lib o`tgan «Geoinformatika sohasida ilmiy tadqiqot ishlari: hozirgi holati va istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o`tkazildi.