Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zMUda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan tanishdi

Bugun, 12-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli sport majmuasida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari O‘zMU rektori Inom Madjidov bilan birgalikda “Sport faoliyati: regbi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini kuzatishdi.

Qabul hamda imtihon komissiyalari a’zolari bilan muloqot qilinib, imtihon topshirayotgan abituriyentlarning iqtidorini adolatli baholash, jarayonlarni shaffof o'tkazish bo'yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Universitetda qabul hamda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof holda tashkil etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Jumladan, kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari kuzatuv kameralari orqali jonli translyatsiya qilinmoqda.

Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) iqtidorini adolatli baholash maqsadida respublikadagi turdosh oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, professional mutaxassislar, sport ustalari jalb qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun 5-iyuldan 13-iyulgacha “Jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” hamda “Sport faoliyati (kurash, dzyudo, taekvondo WTF, regbi, erkin kurash)” bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan.



O‘zMU Axborot xizmati