Xalqaro eʼtirof sari yana bir qadam
Oʼzbekiston Milliy Universitetida 30 yanvarь kuni magistr, doktorant talabalar, yosh tadqiqotchilar, yosh oʼqituvchilar ishtirokida "Ilmiy maqola uchun jurnal tanlash" mavzusida vertual onlayn master kurs boʼlib oʼtdi. Tadbirni Oʼzbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova ochib berdi. Maskur master klass Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining biologiya fakulьteti bitiruvchisi, 2000 yilda Berlinning Gumboldt Universiteti, Qishloq Xoʼjaligi va Bogʼdorchilik fakulьtetida fan doktori dissertatsiyasini himoya qilgan Dilfuza Egamberdieva tomonidan oʼtkazildi. Dilfuza Egamberdievaning tadqiqotlari oʼsimlik va tuproq mikrobiomini oʼrganishga yoʼnaltirilgan boʼlib, ayni paytda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari olimlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Onlayn master klassda 300 ga yaqin magistr, mustaqil tadqiqotchilar, universitet professor-oʼqituvchilari va talabalar qatnashdi. Ushbu kursda akademik maʼlumotlar bazalari,jurnallarning impakt faktori, “shubhali jurnallar” dan ehtiyot boʼlish, mualliflar uchun koʼrsatmalar kabi bir qator mavzularda batafsil maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv soʼngida Raima Shirinova mazkur yoʼnalishda ishlarni davom ettirish bugungi kunda xorijning nufuzli universitetlar qatoridan joy olish uchun amaliy harakatlardan biri ekanligini taʼkidlab har oyda ikki marotaba master klass boʼlib oʼtishini hammaga maʼlum qildi. Taklifni barcha qatnashuvchilar qoʼllab-quvvatlagan holda 13 fevralda navbatdagi master klass boʼlishini kelishib oldilar.
Xalqaro aloqalar boʼlimi