XVII xalqaro rus tili bo‘yicha olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
А.S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti (Rossiya) tomonidan tashkil etilgan chet el fuqarolari uchun rus tili Olimpiadasi 2021 yilning 20 martidan 10 mayigacha boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda dunyoning 70 ta davlatdan jami oʼn mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Tanlov testlari onlayn formatda boʼlib oʼtdi. Olimpiada doirasida ishtirokchilar bir necha nominatsiyalar boʼyicha bellashdilar:“Rus tili - taʼlim tili”, “Rus tili - kasb va yuksalish tili”, “Rus tili – ilm fan tili”.
Oʼzbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti Rus adabiyotshunoslik kafedrasi 1 bosqich tayanch doktoranti V.I. Pulatova yosh rus olimlari oʼrtasida “Rus tili – ilm fan tili” nominatsiyasida ishtirok etdi. Natijalarga koʼra, V.I. Pulatova ushbu toifadagi 5 ta gʼolibdan biri boʼldi.
Xalqaro Rus tili kuni 6 chi iyunda taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Olimpiadaning barcha gʼoliblari esdalik sovgʼalari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
OʼzMU Аxborot xizmati