Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«YANGI OʼZBEKISTON, YANGI NIGOH» MEDIАHАFTАLIGIGА STАRT BERILDI

Bugun 3 may — Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida «Yangi Oʼzbekiston. Yangi nigoh» mediahaftaligining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda Prezident Аdministratsiyasi rahbari oʼrinbosari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Аsadov, Bosh vazir oʼrinbosari — Turizm va sport vaziri Аziz Аbduhakimov, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Аbduxoliqov, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Аsadjon Xodjaev, Xalqaro press-klub raisi — Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qoʼdratxoʼja, Yoshlar ishlari agentligi direktori Аlisher Saʼdullaev, «Rossiya segodnya» xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov, germaniyalik media-ekspert Rene Falьkner va boshqa xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.

Haftalik doirasida mahorat darslari, konferentsiyalar, forumlar, maxsus taqdimotlar, yoshlar media-studiyalarining ochilish marosimi, yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan filьmlarining ochiq namoyishlari, OTMlar va yetakchi OАVlar oʼrtasidagi hamkorlik memorandumlarining imzolanishi, iqtidorli yoshlarga maxsus jihozlarni taqdim etish marosimi oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston Milliy universiteti prorektori Ravshan Musurmonov va Jurnalistika fakulьteti dekani Mahliyo Mirsoatova boshchiligidagi fakulьtet professor-oʼqituvchilar jamoasi va talaba-yoshlari ham mazkur anjumanda oʼz loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

Mediahaftalik tadbirlari 2021 yilning 3-7 may kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida, shuningdek, mahalliy telekanallarning studiyalarida boʼlib oʼtadi.

Ravshan OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari