«Yosh matematik» stipendiyasi g’olibi aniqlandi
Matematika fakulteti 3-kurs talabalari F. Mahmudov, J.Norboyev, F.Quvvatovlar "Asakabank" AJning nufuzli "Yosh matematik" stipendiyasiga nomzod sifatida ko'rsatildi.
Nomzodlar ichidan stipendiya g'olibi yashirin ovoz berish yo'li bilan aniqlandi. Natijalarga ko'ra ko'pchilik ovoz bilan 3-kurs o'zbek guruhi talabasi J. Norboyev nufuzli "Yosh matematik" stipendiyasiga sazovor bo'ldi.
"Yosh matematik" stipendiyasiga iqtidorli talabalarni tavsiya etishdan maqsad jamiyatga, davlatga matematika sohasida yetuk, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, oliy ta'lim muassasalarida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Stipendiya sohibi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Yoqub Ergashev, Matematika fakulteti dekani Obidjon Zikirov hamda "Asakabank" AJning mas'uli tomonidan taqdirlandi.