Yoshlar-uchinchi renessans drayveri
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi "Yoshlar parlamenti" a’zolarining Respublika forumini 1-kuniga O‘zbekiston Milliy universiteti mezbonlik qildi. Unda universitetimiz rektori, professor Maraximov Avazjon Raximovich “Yoshlar – uchinchi renessans drayveri” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu forumda Yoshlar parlamenti a’zolari universitetdagi ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi o‘zgarishlar, yangilanishlarga, ustozlarimizning universitetdagi samarali mehnatlariga katta ishtiyoq bilan yuksak baholar berishdi. Forum o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.
O‘zMU Axborot xizmati