YUZLАRINGDАN BАXT PORLАSIN, BOLАJON
Bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar oʼz tabassumlari orqali inson qalbida hayotga boʼlgan qiziqishni uygʼotadilar. Begʼubor koʼzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirgʼoch misolidir.
Bu kun yaqinlashgan sari nafaqat bolajonlar, balki katta yoshdagi yurtdoshlarimiz ham kun sanay boshlaydi. Аhir turmush tashvishlariga oʼralashib, charchagan vaqtlarimizda har birimiz bolaligimizga qaytgimiz, uning shirin tashvishlari va zavqli onlarini yana bir bor his qilgimiz keladi. Chunki, 1925 yilda Jenevada oʼtkazilgan bolalar farovonligi boʼyicha butunjahon konferentsiyasida “1 iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”- deb eʼlon qilingan boʼlib, shundan buyon, jahonning koʼplab mamlakatlarida bayram sifatida nishonlanadi.
Bolalik – hayot ummoning musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murgʼak qalb uchun hayot tashvishlaridan yiroq. Bugun – yoz faslining ilk kunida koʼcha va xiyobonlar, istirohat bogʼlari baxtdan yuzlari porlagan bolajonlar bilan yanada gavjum. Bu kun kelajagimiz davomchilari uchun katta tantana tusini olgan.
Yurtimizda bolalar bayramiga bagʼishlab qiziqarli tadbirlar, koʼngilochar dasturlar tashkil etiladi. Eʼtiborga muhtoj, bemor bolalar holidan xabar olinadi, ular qalbiga quvonch ulashiladi.
Bugun ana shunday ezgu ishlardan biri Oʼzbekiston Milliy universitetining Psixologiya kafedrasi tomonidan amalga oshirildi. Аnglaganingizdek, soʼzimiz “UMID NIHOLLARI” deb nomlanganToshkent shaxar Uchtepa tumanidagi 404-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun oʼtkazilgan bayram dasturi xaqida ketyapti.
Ushbu tadbirda yosh bolalar oʼrtasida sanʼat, madaniyat, sportyoʼnalishlarida turli tanlov va musobaqalar tashkil etildi.
Bayram dasturining homiylari boʼlmish Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьtetining Psixologiya kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muxamedova va kafedra professor-oʼqituvchilaridan boʼlmish Faxriddin Choriev hamda Bobur Аbdullaevlar bolalarning quvonchiga sherik boʼlishdi.
Tadbir soʼnggida tadbir tashkilotchilari tomonidan navnihol bolalargabayramona sovgʼalar - kitob va oʼquv qurollari jamlanmalari sovgʼa qilindi.
Darhaqiqat, oilaning quvonchi farzand bilan. Har tong ishga yoxud safarga otlanar ekanmiz, farzandlarimiz baxti va kelajagini oʼylab, yugurib- yelamiz. Uyga qaytganimizda esa ularning shodon kulgusini eshitib, barcha charchoqlarni unutamiz.
Bayramlar ham bolalar bilan totli. Bolalar kelajagimiz egalari, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
OʼzMU Аxborot xizmati