Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformasiyasi mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi

O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sotsiologiya” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, 10 ga yaqin xoirijy davlatlardan hamkorlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasi N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, J. Balasagin nomli Qirg‘iziston milliy universiteti, Hindiston sotsiologlar hamjamiyati, Sankt-Peterburg davlat texnik instituti, G.R.Derjavin nomli Tambov davlat universiteti, “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrlar va talabalar  ishtirok etdi.