Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Zamonaviy geometriya va topologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Matematika fakulteti tashabbusi bilan “Zamonaviy geometriya va topologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli anjumandan ko‘zlangan maqsad – matematikaning turli sohalari, jumladan geometriya va topologiya, algebra, matematik analiz, differensial tenglamalar, o‘yinlar nazariyasi, optimal boshqaruv nazariyasi, mexanika hamda ta’lim sohalaridagi so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha fikr almashish, jahonning nufuzli mutaxassislari bilan hamkorlikni yanada takomillashtirishdan iborat.

Konferensiyada Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan 20 ga yaqin xorijlik olimlar bevosita hamda onlayn ishtirok etmoqda.

Konferensiyada ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan, o‘zining yuqori kasb-mahorati, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan O‘zMU professori, yirik olim Narmanov Abdigappar Yakubovichga “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” ko‘krak nishoni topshirildi hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tabriklandi.

Ushbu konferensiyaga yosh olimlar, magistrantlar va doktorantlar keng jalb etilgan bo‘lib, ularga respublikamizdagi va xorijdagi nufuzli olimlar bilan ilmiy hamkorlik qilish, xorijiy davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati