“Zamonaviy geografik tadkikodlarda integratsiya: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha, O‘zbekiston Milliy universitetida Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti tomonidan "Zamonaviy geografik tadqiqotlarda integratsiya: muammolar va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Tabiiy geografiya kafedrasi professori Naila Sabitovaning 70 yillik yubileyiga bagishlangan mazkur konferensiya fanimizning zamonaviy hamda dolzarb nazariy-amaliy masalalariga, geografiya va boshqa fanlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlariga bag‘ishlandi.
Anjumanda bugungi kunda O‘zbekistonda, xorijda zamonaviy geografik tadqiqotlarda integratsiya, ulardagi muammolar va yechimlar, geografik tadqiqotlarida amalga oshirilayotgan yangi zamonaviy usullar, innovatsiyalar, kelajak istiqbolari va muammolari muhokama etildi.
Konferensiyada 30 dan ortiq xorijlik (Rossiya, Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Bangladesh, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston), 100 ga yaqin mahalliy olimlar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yo.Ergashov ochib berdi. Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti dekani Sh.Sharipov va Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri K.Xakimovlar ko‘tarinki ruhda davom ettirdi.
Konferensiya seksiyalarga bo‘lingan holda davom etdi.
O‘zMU Axborot xizmati